35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Hududdagi infratuzilma muammolari joyiga chiqib o‘rganildi

Hududdagi infratuzilma muammolari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 18-Do‘stlik saylov okrugi deputati A. Abdullayev tomonidan saylangan Istiqlol MFY hududidagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov mahalla raisi bilan birgalikda hududda o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida mahallaning ichki ko‘chalari holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, ichki yo‘llarni asfaltlash zarurligi, mazkur masala aholi tomonidan ko‘p bora ko‘tarilayotgani qayd etildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish hamda masalani ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi. Hudud infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar murojaatlarini hal etish deputatlik nazoratida ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2