📌 Fuqaro murojaati — e’tibor va amaliy yechimni talab qiladi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🗣 Muhokamalar davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni chuqur o‘rganish, ularda ko‘tarilayotgan masalalarni tahlil qilish hamda har bir murojaat bo‘yicha amaliy yechimlarni belgilash zarurligi ta’kidlandi.
👥 Yig‘ilishga Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi O. Tursunov raislik qildi.
💬 Ekspert guruhi a’zolari tomonidan murojaatlar bilan ishlashda tizimli yondashuvni kuchaytirish, fuqarolar bilan muloqot samaradorligini oshirish va ko‘tarilayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
📍 Shuningdek, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni mas’ullar tomonidan nazoratga olish va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
✅ Yig‘ilish yakunida bildirilgan takliflar asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.