Chag‘atoy mahallasida obodonlashtirish va ezgu tashabbuslar davom etmoqda
🏡 “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Chag‘atoy mahallasida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🤝 Hashar jarayonida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarovlar ham faol ishtirok etib, mahalla obodligiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🧱 Shuningdek, mahalladagi kam ta’minlangan oilalardan birining uy-joy devorini g‘isht bilan o‘rash ishlariga homiylik yordami ko‘rsatildi.
💚 Bunday ezgu ishlar nafaqat mahalla hududining obodligini ta’minlash, balki mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat kabi insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌱 Mahalla obodligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.
🌿 Obod mahalla — mehr-oqibat va hamjihatlik maskani!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.