35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kommunal sohadagi muammolar muhokama qilindi

Muloqot davomida hududda aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq mavjud muammolar, ularni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, kommunal xizmatlar sifati, aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, kommunal sohani tartibga soluvchi amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borilib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborni kuchaytirish va amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazorati asosida kuzatib borish bo‘yicha kelishib olindi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2