35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#Kosonsoy_tuman_Kengashi #Deputat_nazorati
#Kosonsoy_tuman_Kengashi
#Deputat_nazorati

🔰Hududdagi obodonlashtirish ishlar va aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 10-Ravot saylov okrugi deputati M. Baratova tomonidan saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududning obodonlashtirish va sanitariya holati, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ijtimoiy masalalar hamda mavjud muammolarga yechim topish borasida olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli takliflar bildirilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Deputatlik nazorati doirasida hududlardagi holatni o‘rganish, aholi murojaatlarini joyida hal etishga ko‘maklashish hamda muammoli masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 3