35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📚 Ta’lim muassasasida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan 12-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida maktabning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Xususan, sinf xonalari, o‘quv jihozlari, obodonlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati hamda yangi o‘quv yilini sifatli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🏫 Tashrif davomida ta’lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlar, mavjud ehtiyojlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

✅ Ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan o‘rganishlar o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va yangi o‘quv yilini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5