35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🌿 Mahalla obodligi va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣️ Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, hududdagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📋 Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish masalalari muhokama qilindi.

🌿 Shuningdek, "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, uy-joylar, ko‘chalar va mahalla hududlarini obodonlashtirish, tozalik va ozodalikka rioya qilish hamda hududlar fayzini yanada oshirishda faol ishtirok etishga chaqirildi.

🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5