Suhbat davomida Qonunning mazmun-mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, uni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha belgilangan talablar, davlat tashkilotlari xodimlarining xizmat vazifalarini halol, xolis va shaffof amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, bunday vaziyatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda harakat qilish, korrupsion xavflarning oldini olish hamda xizmat faoliyatida ochiqlik va halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida tibbiyot sohasida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va fuqarolarga sifatli hamda shaffof tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.