35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

"Madad" NNT bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari tinglandi

Shu maqsadda bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida "Madad" nodavlat notijorat tashkilotining Termiz shahar huquqiy maslahat byurosida fuqarolar qabuli tashkil etildi.

💬Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olinib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🫥Xalq deputatlar Termiz shahar Kengashi fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholiga sifatli huquqiy ko‘mak ko‘rsatish yo‘nalishidagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 1