35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan Sherobod tumani Tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurilib, muassasaning infratuzilmasi va faoliyati joyida o‘rganildi.

🔍 Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, davolash bo‘limlari, mavjud sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

💬 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilinib, sohada uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Aholiga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5