📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi
📋 Majlis kun tartibiga muvofiq, Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari E. Musayevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
📊 Hisobot davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilma obyektlarini rivojlantirish, hududlarda yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.
💬 Komissiya a'zolari tomonidan hisobot yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, mavjud masalalar muhokama qilindi hamda loyihaning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
✅ Majlis yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olindi.