Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2026-yil 1-yarim yilligi davomida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholini qabul qilinayotgan qarorlar haqida muntazam xabardor qilib borish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
📌 Tahlil natijalariga ko‘ra:
🔹 Mahalliy Kengashning 86 ta qarori “E-Kengash” (“E-qaror”) tizimi orqali rasmiy e’lon qilindi;
🔹 Normativ tusdagi 5 ta qaror loyihasi adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Mazkur choralar:
✅ Kengash faoliyatining ochiqligini ta’minlash;
✅ fuqarolarning qarorlar bilan erkin tanishish imkoniyatini kengaytirish;
✅ hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash;
✅ jamoatchilik nazorati va ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.