Jańalıqlar

Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. Bobojonov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova Xusbuddin mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va istiqboldagi vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3