Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati I.Mamatqulov 84-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida maktab binosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xonalarni ta’mirlash, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda qurilish jarayonining sifati ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan ishlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi