Bog‘itemur mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
👍 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Shohrux Qudratov Samarqand shahar Bog‘itemur mahallasidagi aholi murojaatlarini joyida o‘rgandi.
➡️Xususan, Lutfiy ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan nuroniylar uchun choyxona va kutubxona qurish masalasida murojaat bildirildi. Aholi bunday maskan keksalarning mazmunli hordiq chiqarishi va mahallada ahillik muhitini mustahkamlashini ta’kidladi.
👍 Deputat mahalla ahli bilan muloqot qilib, hududdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda murojaatni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan amaliy choralar ko‘rilishini bildirdi. Shuningdek, mahallani obodonlashtirish va aholi uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.