Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

📝 Majlis davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

📊 Xususan, yoshlar uchun yozgi ta’tilni mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sport musobaqalari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish hamda Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining 2026-yil 1-choragidagi ijrosi yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

✅ Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 6