Jańalıqlar

“Xalq bilan birga” — xalq manfaati yo‘lida amaliy ishlar

“Xalq bilan birga” — xalq manfaati yo‘lida amaliy ishlar

“Xalq bilan birga” umumxalq dasturi doirasida Samarqand shahridagi Charimgari mahallasida mahalla faollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

✅ Tadbir davomida mahallaning “yettlik” tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga manzilli yechim topish masalalari muhokama qilindi.

✅ Uchrashuvda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari Ilhom Botirov hamda Nargiza Abdullayeva ishtirok etib, inson qadri va aholi farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

✅ Qayd etilganidek, bu siyosat nafaqat aholining turmush darajasini yaxshilash, balki jamiyat barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

✅ Xususan, tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan muloqotlarda ular dasturda faol ishtirok etish va ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirmoqda.

👍 Shu bilan birga, muhtojlarga yordam ko‘rsatish, saxovat va bag‘rikenglik kabi qadriyatlar xalqimizga xos fazilatlar ekani alohida ta’kidlandi.

👍 Uchrashuv doirasida mahalla bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, “yettilik” bilan birgalikda ko‘makka muhtoj oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

👍 Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlar faolligini oshirish yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

👍 Tadbir yakunida amalga oshirilayotgan ishlar aholi manfaatlariga xizmat qilishi va har bir oila hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilishga qaratilgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 6