Jańalıqlar

Zomin tumanida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari tunu kun davom etmoqda

Joriy yilning 1-iyun kuni kuzatilgan kuchli shamol va sel kelishi oqibatida tog‘li hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarining tayanchlari qulagan edi.

Zomin tumani elektr ta’minotining barcha tezkor brigadalari va maxsus texnikalari murakkab relyef hamda noqulay sharoitga qaramasdan, sel oqibatlarini bartaraf etish va tizimni tiklash ishlarini uzluksiz davom ettirmoqda.

Hozirda talofat ko‘rgan hududlarda yangi tayanchlarni (simyog‘ochlarni) o‘rnatish va tarmoqlarni qayta tiklash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Slide 1 of 6