Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan “Qizilolma” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla hududi hamda undagi ijtimoiy obyektlar bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganildi.

🏘️ O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

📝 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

✅ Ushbu masalalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi.

   

Slide 1 of 3