O‘rganishlar davomida mahalliy budjet daromadlari ijrosi, qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va safarbar etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda tushgan mablag‘lar tahlil qilindi.
Shuningdek, hududdagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, budjet tushumlarini ko‘paytirish, soliq qarzdorligini qisqartirish va soliq intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganilib, sessiyada muhokama etiladigan masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirilmoqda.