Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norqarayev tomonidan tumandagi Ag‘ron mahallasida mahalla yettiligi a'zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📍Uchrashuv davomida mahalla hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
⭐Shuningdek, ichki yo‘llar holatini yaxshilash, elektr energiyasi, ichimlik suvi, obodonlashtirish, bandlikni ta'minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari yuzasidan mahalla yettiligi a'zolarining fikr va takliflari tinglandi.
⭐Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarni amaldagi qonunchilik asosida bosqichma-bosqich hal etish, mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mavjud muammolarga yechim topish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
⭐Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaat va takliflarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini nazoratga olish yuzasidan zarur choralar belgilandi.