Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati R. Ismoilova Bahoriston mahallasida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda joylarda dolzarb masalalarga yechim topish maqsadida Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati R. Ismoilova tomonidan Bahoriston mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda mahalla yettiligi vakillari ham faol ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi. Har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tegishli tavsiyalar berildi hamda ijrosini ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilmoqda.