Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Kengash faoliyatidan

Kengash faoliyatidan

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M.Tangriberganov, kotibiyat bosh mutaxassisi hamda tuman Kengashi deputati A.Erkinov tomonidan sessiya qarorlari bilan ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanish holatini o‘rganish yuzasidan tuman Moliya bo‘limida monitoring ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida sessiya qarorlari ijrosining borishi, ajratilgan mablag‘larning qonunchilik talablariga muvofiq sarflanishi hamda ularning manzilli yo‘naltirilishi yuzasidan tahlillar o‘tkazildi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur nazorat tadbiri mahalliy Kengashning vakolatlari doirasida budjet mablag‘larining shaffofligi va samaradorligini ta’minlash, sessiya qarorlari ijrosini tizimli nazorat qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1