Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#deputat_daftari

Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-ADAS saylov okrugi deputati Usmonov Azamat tomonidan Sariosiyo mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Davlat Meliyevning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
Murojaat davomida fuqaro dehqon xo‘jaligi yer maydonida issiqxona tashkil etib, qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanayotgani, biroq mazkur hududda aholi foydalanayotgan transformator joylashgani sababli issiqxona qurilishi xavfsizlik nuqtai nazaridan noqulaylik tug‘dirayotganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan transformatorni dehqon xo‘jaligi yeridan chetroq hududga ko‘chirishda amaliy yordam so‘radi.
Deputat tomonidan murojaat joyida batafsil o‘rganilib, masalaning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot — elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3