Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#Kotibiyat_mudiri

Mahalladagi yettilik tizimi faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Hamrayev tomonidan tumandagi Gʻo‘lba mahallasida aholi muammolarini hal etish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Xususan, mahalladagi yettilik tizimi vakillari — hokim yordamchisi, ijtimoiy xodimning kundalik faoliyati, xonadonbay yurish va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.
Hokim yordamchisi tomonidan bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish;
Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash;
ayollar bandligini oshirish va ularga ijtimoiy-huquqiy ko‘mak berish masalalariga qaratildi.
Yakunda mahalla faollarining hamkorlikdagi ishini yanada jonlantirish, aniqlangan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish va aholi roziligiga erishish yuzasidan zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1