Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#aholi murojaati

#AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA.
Xalq deputatlariNurafshon shahar Kengashiga 18-“Taraqqiyot” saylov okrugidan saylangan deputat Alim Tursunboev o‘zi saylangan hududdagi “Taraqqiyot” mahallasida bo‘lib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.

Deputat tomonidan holat atroflicha o‘rganilib, murojaat o‘ziga biriktirilgan nazorat daftariga kiritildi. Shuningdek, ichki ko'chalar judayam yomon holati sabablari va mavjud holatga aniqlik kiritildi. Masalaning qonuniy hamda aholi manfaatlarini inobatga olgan holda yechim topish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2