👥 Unda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Kerimov hamda yoshlar faollari ishtirok etdi.
📋 Uchrashuv davomida Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
📚 Shuningdek, yoshlarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.