Jańalıqlar

Deputat mahallada

Deputat mahallada

🇺🇿 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Intizor Abdullayeva Kenagas mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar — Karimova To‘tijon va Abdullayeva Laylolarning xonadonlariga tashrif buyurdi.
🤝
Tashrif davomida nogironligi bo‘lgan farzandlar — Rahimova Rahima hamda Ravshanova Dinora bilan uchrashib, ularning yashash sharoiti, salomatligi va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi.
✅ Suhbat jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda davlat tomonidan yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlarning amaldagi ijrosi o‘rganildi.
🏥 Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiy ko‘rik va davolanish jarayonlarining holati yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Instagram | Face book | You Tube

Slide 1 of 1