Jańalıqlar

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi Umid Sayitovich Ro‘ziyev tomonidan “Tarnovboshi” mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

📌Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy himoya, bandlik va kommunal xizmatlar sifati bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.

❗️Deputat tomonidan fuqarolarning taklif va mulohazalari o‘rganilib, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

✅Shuningdek, uchrashuvda deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahalliy Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning mazmun-mohiyati hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Slide 1 of 1