Jańalıqlar

Yashnobodda “Ayollar daftari” bo‘yicha seminar o‘tkazildi

2026-yil 2-iyun kuni Yashnobod tumanidagi “Oila va xotin-qizlar maskani”da xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda “Ayollar daftari”ni yuritish tartibi bo‘yicha yangi nizom mazmunini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

✔️Tadbirga tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Tursunova raislik qildi. Unda O‘zbekiston Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari hamda kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Usmonov Tal’at Subxonqulovich ishtirok etdi.

✔️Seminar davomida “mahalla yettiligi” vakillariga “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, amaliy yordam ko‘rsatish tartibi va samaradorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✔️Shuningdek, “mahalla–tuman” darajasida shtablar faoliyatini muvofiqlashtirish, yordamlarning haqqoniyligini o‘rganish hamda hisobotlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1