Jańalıqlar

Sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov Ilg‘aldi mahallasida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Sayyor qabulda mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi hamda xizmat ko‘rsatish tashkilotlari vakillari faol ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mahalladagi dolzarb muammolar yuzasidan taklif hamda mulohazalar tinglandi. Murojaatlarning qonuniy va o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, xalq manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni izchil rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlarning muhim tarkibiy qismi bo‘ldi.                                                                                   

Slide 1 of 1