Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Baymuratova tomonidan Ayronko‘l mahallasining Yoshlik va Chinoz ko‘chalarida elektr kuchlanishini yaxshilash yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi tuman Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ijobiy hal etildi. Natijada hudud aholisining elektr ta’minoti sifati yaxshilandi.