Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati M. Tillaeva tomonidan Adolat mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda mahalla yettiligi a’zolari hamda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Qabul davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.
Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarning muammo va takliflarini joyida o‘rganish hamda xalq manfaatlarini himoya qilish borasidagi deputatlik faoliyatining muhim amaliy ifodasi bo‘ldi.