35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi
янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Oblаqulov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari Qiziltepa tumanida joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasiga bo'lishdi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi holati deputat nazoratida
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasida Oboddiyor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yoshlar masalalari doimiy e'tiborda
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy bog‘cha faoliyati o‘rganildi
Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Murodxon Jo‘rayev 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 49-“Al-Buxoriy” saylov okrugidan saylangan deputati Murodxon Jo‘rayev tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot taqdim etildi. Uchrashuvda Yashnobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri D.Ravshanbekov, tuman Kengashi kotibiyati vakillari, mahalla raislari, “mahalla yettiligi” a’zolari, nuroniylar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida 2026-yilning ikkinchi choragida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida ishtirok etgani, ushbu davrda Kengash tomonidan 50 ta qaror qabul qilinganini qayd etdi. Shuningdek, joriy yilning birinchi va ikkinchi choraklari davomida shahar Kengashi deputatlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga jami 72 ta deputatlik so‘rovi yuborilgani haqida ma’lumot berildi.

🛣 Hisobot davomida saylov okrugidagi mahallalarda amalga oshirilgan amaliy ishlar alohida qayd etildi. Jumladan, Al-Buxoriy mahallasida 10 ming kv.m ichki yo‘l asfaltlandi, 3 ta bolalar maydonchasida qurilish ishlari olib borilmoqda, yana 2 ta bolalar maydonchasi hamda 1 ta workout maydonchasi barpo etildi. 17 ta ko‘p qavatli uyning fasadi va kirish yo‘laklari ta’mirlandi, nuroniylar maskanida qurilish ishlari amalga oshirildi, 120 tup qo‘shimcha daraxt ekildi hamda mahallaga kirish qismida arka o‘rnatildi.

🏗 Vatandosh mahallasida ham 10 ming kv.m ichki yo‘l asfaltlandi, Cho‘lpon ko‘chasida piyodalar yo‘lagi barpo etildi. 6 ta ko‘p qavatli uyning 26 ta kirish yo‘lagidagi liftlar yangisiga almashtirildi, 24 ta kirish yo‘lagidagi eshiklar zamonaviy kodli eshiklarga almashtirildi. Mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy mahalla servis punkti qurildi, 1 000 metr bordyur yotqizildi, 550 tup shamshod va 200 tup atirgul ekildi. Shuningdek, 17 ta ko‘p qavatli uydagi 111 ta kirish yo‘lagining yarmidan ko‘pi ta’mirlandi.

🔺 Aholi bandligi va ijtimoiy himoya yo‘nalishida ham qator natijalarga erishildi. Al-Buxoriy mahallasida 43 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi, 103 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi, 6 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi. 3 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit ajratildi, 4 ta yangi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi hamda 13 ta xizmat ko‘rsatish mikroloyihasi amalga oshirildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 209 nafar xotin-qizdan 24 nafari ish bilan ta’minlandi, 7 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 12 nafari tibbiy yordam bilan qamrab olindi. Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash va ularning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

🌳 Obodonlashtirish doirasida Al-Buxoriy mahallasida 354 dan ortiq daraxt va butalar ekildi, 10 ta LED yoritish chirog‘i o‘rnatildi. 2026-yil davomida mahalla hududida jinoyat sodir etilmagani ham alohida ta’kidlandi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ko‘cha yoritish tizimi, obodonlashtirish, infratuzilma, ijtimoiy himoya va hudud xavfsizligiga oid taklif hamda murojaatlar bildirildi. Deputat Murodxon Jo‘rayev mazkur masalalar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritilishi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratida olib borilishini ta’kidladi.

✅ Yakunda saylovchilar bilan ochiq muloqotni muntazam davom ettirish, hududdagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish kelgusidagi ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10