Maktab kutubxonasi holati deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Xo‘ja Hasan saylov okrugidan saylangan deputati T. Lutfullayev tomonidan hududdagi 26-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati va mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxonaning kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan mutolaa muhiti, adabiyotlardan foydalanish holati hamda mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputat tomonidan ta’lim muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda yoshlarning bilim olishi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.