Deputat tomonidan oilaviy bog‘cha faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputati L. Niyozova tomonidan Demas mahallasida faoliyat yuritayotgan "Yulduzcha" oilaviy bog‘chasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bog‘chada 52 nafar tarbiyalanuvchi ta'lim-tarbiya olayotgani hamda mashg‘ulotlar rus tilida olib borilishi bilan tanishildi.
Shuningdek, oilaviy bog‘chaning sanitariya holati, tozaligi, obodonlashtirish ishlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.