Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov tomonidan Birlashgan MFYning Zaxmatkash ko‘chasida nuroniylar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligini munosib kutib olishga bag‘ishlangan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini uyushqoqlik bilan amalga oshirish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida mahalla hududini obod qilish, ko‘chalar va xonadonlar ozodaligini ta’minlash, hasharlarda faol ishtirok etish hamda bayramni munosib kutib olish bo‘yicha aholiga tushuntirish ishlari olib borildi.