35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi U. Bobojonov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i L. Oblаqulov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari Qiziltepa tumanida joylashgan 5-son jazoni ijro etish muassasasiga bo'lishdi.
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Maktab kutubxonasi holati deputat nazoratida
янв.21
"Dolzarb 40 kunlik" oyligi doirasida Oboddiyor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Yoshlar masalalari doimiy e'tiborda
янв.21
Deputat tomonidan oilaviy bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish ishlari nazoratda
“ENG FAYZLI HOVLI”, “ENG OBOD KO‘CHA” VA “ENG NAMUNALI MAHALLA” KO‘RIK-TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIDA TAQDIM ETILADIGAN FOTOALBOMLAR YO‘NALISHLARI

“Eng fayzli hovli” nominatsiyasi bo‘yicha

FOTOALBOM — 20 ta rasm

🏘1. Xonadonning umumiy holati va obodonlashtirilganligi — 4 ta rasm

Xonadonning umumiy holati, tashqi va ichki fasad qismi, tomi, hojatxonasi, molxonasi, tandirxonasi, yuvinish xonasi hamda oshxonasining obodonlashtirilganligini aks ettiruvchi fotolavhalar.

🏠2. Yordamchi xo‘jalik binolarining sanitariya holati — 4 ta rasm

Yordamchi xo‘jalik binolarining sanitariya holatini aks ettiruvchi fotolavhalar.

🥕🪏🌻3. Tomorqa madaniyati va undan samarali foydalanish — 4 ta rasm

Tomorqa madaniyatining mavjudligi, shu jumladan, xonadon tomorqasidan samarali foydalanish holatini aks ettiruvchi fotolavhalar:

— mevali daraxtlarning mavjudligi va hosildorligi;
— ekin maydonlaridan samarali foydalanish;
— issiqxonalarda yil davomida 2–3 marta hosil olish;
— chorvachilik, parrandachilik va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar va ularning holati.

🌳4. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar — 4 ta rasm

Xonadonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarni aks ettiruvchi fotolavhalar.

📇5. Tajribani ommalashtirish va seminarlar — 4 ta rasm

Xonadon egasi tomonidan boshqa xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan seminarlarni aks ettiruvchi fotolavhalar.

Jami: 20 ta rasm.

Slide 1 of 1