Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputatlari N.Hamidova va S.Abduvaliyevalar tomonidan tuman Politexnikumining Axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida markazdagi kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda axborot resurslaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda kitoblar fondini yana-da boyitish, elektron resurslardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish va kitobxonlar faolligini oshirish zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda markaz faoliyati samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.