Fuqarolarga bepul yuridik maslahatlar berilmoqda
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamda siyosiy partiyalar rahbarlari hamkorligida fuqarolar uchun bepul yuridik maslahatlar berish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
Uchrashuvlar davomida fuqarolarning huquqiy masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, murojaatlarni qonuniy hal etish yuzasidan zarur yo‘nalishlar ko‘rsatilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish choralari ko‘rilmoqda.