Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Saburjon Allayarov aholi qabulida bildirilgan murojaat asosida fuqarolar bandligini taʼminlash boʻyicha harakatni boshladi.
“Yoshlik” mahallasida yashovchi, oliy maʼlumotli va ayni paytda talaba boʻlgan fuqaro Sh.Otabayevani mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirish masalasida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga rasmiy deputat soʻrovi kiritildi.
Murojaatning ijobiy hal etilishi va ijro jarayoni deputat nazoratida boʻladi.