Mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova, tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabovlar tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyev hududidagi “Yetimqum” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida mahallada yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, mahalla idorasiga tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Xudoyqulova #Q_Igamberdiyeva #A_Mamarajabov