Tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov “Kunchiqish” mahallasida bo‘lib, issiqxonachilik yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida issiqxonalarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda tomorqa va yer maydonlaridan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat davomida uchrayotgan muammolar, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va daromadlarni oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Xolmominov