Mahalladagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J.Xudoyqulova hamda tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyev hududidagi “Istiqlol” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan uchrashdi.
Tashrif davomida mahallada mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va fuqarolar farovonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuv yakunida mahallada mavjud muammolarni bartaraf etish hamda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Xudoyqulova #Q_Igamberdiyeva