35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

PQ-393-SONLI QAROR IJROSI YUZASIDAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari Sh.Eshbayev, G.Qorayeva, Y.Berdiyarov, N.Turdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori ijrosi yuzasidan qurilishi rejalashtirilgan yangi poliklinika obyektida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlari belgilangan reja asosida boshlanganligi, ayni paytda obyektning poydevori uchun yer qazish va tayyorlov ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tomonidan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish, obyektning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4