📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashidagi "Adolat" SDP deputatlik guruhi yig‘ilishida Shovot tumani hokimligi Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti eshitildi.
🤝 Yig‘ilishda:
🔹 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipovich Masharipov;
🔹 Kengash kotibiyati xodimi Umrbek Shavkatovich Ro‘zmetov;
🔹 "Adolat" SDP deputatlik guruhi a'zolari;
🔹 Yoshlar maslahat guruhi raisi va a'zolari;
🔹 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Davletov Xurshir Yo‘ldoshevich ishtirok etdi.
📊 Hisobot davomida tumanda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta'lim, sport hamda ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
💼 Asosiy natijalar:
✅ 375 nafardan ortiq yoshlarga 11,88 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
✅ Yuzlab yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va bandligi ta'minlandi.
✅ "Yoshlar daftari" jamg‘armasi orqali 465 nafar yoshga 1,4 mlrd so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatildi.
✅ Aniqlangan 474 nafar ishsiz yoshning barchasi mas'ul rahbarlar tomonidan ish bilan ta'minlandi.
✅ Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta'minlash bo‘yicha alohida dastur tasdiqlanib, ularni ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish, tadbirkorlik va oliy ta'limga yo‘naltirish ishlari olib borilmoqda.
📚 Ta'lim va intellektual rivojlanish yo‘nalishida:
📖 "Mutolaa", "Ustoz AI", "Qizlar akademiyasi", "UzChess" va "Ibrat farzandlari" platformalari orqali o‘n minglab yoshlar qamrab olinib, mingdan ortiq yoshlar xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi.
🏆 Sport va sog‘lom turmush tarzi:
⚽️ "Besh tashabbus olimpiadasi", "DXX kubogi", "Prezident olimpiadasi", "Shijoat va g‘ayrat" hamda boshqa sport musobaqalarida o‘n minglab yoshlar ishtirok etdi.
🥇 "Prezident olimpiadasi"da Shovot yoshlari 2 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
🥉 "Shijoat va g‘ayrat" harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichida Qumyop mahallasining "Jaloliddin Manguberdi" jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi.
🛡 Huquqbuzarliklar profilaktikasi:
📉 Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamaygani qayd etildi.
🇺🇿 Harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash maqsadida "Jasorat maktabi" o‘quv yig‘inlari tashkil etildi hamda huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yildi.
🏢 Yangi Yoshlar markazi faoliyati:
✨ Joriy yilda Shovot tumanida zamonaviy Yoshlar markazi foydalanishga topshirildi.
📌 Markazda:
📚 Kitobxonlik va mutolaa loyihalari;
♟ Shaxmat klubi;
🎥 Media markazi;
💻 Koverking hududi;
🎬 Kino va konsert zali;
📖 Kutubxona;
🌍 Ingliz, koreys, nemis, rus, turk, xitoy tillari hamda boshqa zamonaviy o‘quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
🎯 Mazkur markaz orqali har yili 20 ming nafardan ortiq yoshlarni turli loyiha va tanlovlarga jalb etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda zamonaviy kasblarga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
🗣 Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan savol va takliflar bildirilib, yoshlar siyosatini yanada samarali tashkil etish, bandlikni oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan yoshlar siyosati ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.