Jańalıqlar

O‘rganish davomida bir qator muammolar aniqlandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi V. Ruziyev tomonidan To'qboy mahallasida “yettilik” faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla “yettiligi” tomonidan aholi muammolarini o‘rganish, murojaatlarni qabul qilish hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada tizimli tashkil etish, fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda murojaatlar ijrosini tezkor ta’minlash borasida kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan “yettilik” faoliyatini takomillashtirish, ish yuritish tartibini kuchaytirish hamda aholi bilan ishlash mexanizmlarini yanada samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1