Deputat tomonidan mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
🔹Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Tinchlik saylov okrugi deputati D.Mirzayev hamda Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Norbo‘tayevlar tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish jarayonida hududda ichki yo‘llarni asfaltlash, piyodalar yo‘lakchalarini yangidan barpo etish hamda ularning sifatli bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Mazkur ishlar aholiga yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.
🔹Deputat tomonidan qurilish ishlarining belgilangan meyor va talablar asosida, sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.