Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari D.Egamqulova, A.Uljayeva, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev hamda tuman "Toza hudud" DUK rahbarlari ishtirokida A.Navoiy mahallasi yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalla hududidagi egasiz jonivorlarni zararsizlantirish, chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqib ketish hamda hudud sanitariya holatini yaxshilash bo'yicha taklif va murojaatlar bildirildi.

Bildirilgan masalalar yuzasidan mutasaddilar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, muammolarni bartaraf etish va ularni nazoratga olish bo'yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5