Jańalıqlar

DEPUTATLIK NAZORATI

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan "Xo‘tanariq" MFYda mahalla "Yettiligi" faoliyati hamda "24 tavsiya" ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

"24 tavsiya" doirasida belgilangan vazifalarning bajarilish holati,
Aholi murojaatlari bilan ishlash sifati,
Mahalladagi ijtimoiy muhit va obodonlashtirish ishlari,
Profilaktik tadbirlar hamda hamkorlik mexanizmlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, "24 tavsiya" ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq manfaatlari yo‘lida deputatlik nazorati va "24 tavsiya" ijrosi ustidan monitoring izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 4